AQSH davlat kotibi Entoni Blinken filippinlik hamkasbi Enrike Manalo bilan Manila shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida G‘azo sektorida sulh tuzish talab qilinishini ma’lum qildi.

– G‘azo sektoridagi bolalar ham, ayollar ham, erkaklar ham dahshatli gumanitar vaziyatga tushib qolgan, – dedi Amerika diplomatiyasi rahbari Falastin eksklavidagi keskin oziq-ovqat inqirozini tasdiqlovchi hisobotga ishora qilib.

Mulozim shu hafta Saudiya Arabistoni va Misrga tashrifi chog‘ida G‘azoda sulh tuzishni talab qilishini bildirdi. Uchrashuvlar davomida mahbuslarni ozod qilish, hududga gumanitar yordam oqimini kengaytirish masalasi ham ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Blinken Saudiya va Misr rasmiylari bilan “mustahkam mintaqaviy dunyoning to‘g‘ri arxitekturasi” muhokama qilinishini ta’kidladi.