Saudiya Arabistoni sun’iy intellektni rivojlantirishga 40 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The New York Times” manbalarga tayanib e’lon qilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Saudiya ushbu yo‘nalishda investorlar bilan hamkorlikni muhokama qilmoqda. Qirollik rasmiylari sheriklarga mamlakatda bir necha texnologik startap, jumladan o‘z sun’iy intellekt kompaniyasini yaratish niyatida ekanini aytgan.

Dastlabki loyiha joriy yil ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni dunyodagi eng yirik sun’iy intellekt investoriga aylanish uchun iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga sodiqligini namoyish qilmoqchi. Ushbu maqsad aktivi 900 milliard dollardan oshadigan suveren fond orqali amalga oshiriladi.