Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yig‘ilishda mahalliy korxonalarga xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda ko‘maklashish masalasi ham ko‘tarildi.

Ko‘plab ko‘rgazmalarda qatnashish uchun oldindan 100 foizlik to‘lovni amalga oshirish talab etilayapti. Lekin bizda 15 foiz miqdorda avans to‘lanadi, qolgan qismi yarmarka tugaganidan so‘ng o‘tkazib beriladi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni to‘liq qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Endilikda tadbirkorlarning xarajati ularning reytingidan kelib chiqib qoplab berilishi belgilandi.

Bunda, yuqori va o‘rta reytingga ega bo‘lgan tadbirkorlar uchun ko‘rgazmalarda qatnashish xarajati 100 foiz oldindan to‘lab beriladi. Past reytingga ega bo‘lganlar ko‘rgazmada ishtirok etganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan keyin xarajatining 50 foiz qismi qoplab beriladi.

Bu mexanizm tajriba sifatida 1-yil davomida amal qilishi ta’kidlandi.

O‘zA