FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi opera san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy va o‘rta ta’lim dargohlarining musiqa san’ati yo‘nalishi bo‘yicha bilim olayotgan hamda ijodiy jamoalarda mehnat qilayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan jami 40 nafarga yaqin iste’dod sohibi qatnashdi.
Festival jahon musiqa san’ati durdonalaridan bo‘lgan opera ijrochiligini yanada ommaviylashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni katta sahnaga olib chiqish maqsadiga qaratilgan.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali talabasi B. Qidirboyev, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali talabalari D. Keunimjayeva, A. Sobirjonov, M. G‘oipova, A. Aljonov, Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi o‘quvchisi F. Yembergenov, Nukus shahar “Orzu” estrada xalq ansambli a’zosi A. Qalboyev festival g‘olibi bo‘ldi va festivalning poytaxtda o‘tkaziladigan yakuniy bosqichiga yo‘llanma oldi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA