FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi 1-ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan umumta’lim maktabida 2 ming 200 dan ziyod o‘quvchi saboq olmoqda.

2022-yilda maktabda qo‘shimcha 420 o‘rinli yangi bino qurib, foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, asosiy binoda rekonstruksiya ishlari olib borilib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Natijada, o‘quvchilarning maktabga qamrov imkoniyati kengaydi.

Bugungi kunda ta’lim maskanida yoshlarning sifatli bilim olishi uchun yetarli imkoniyat muhayyo. Sinf xonalari zarur jihozlar, o‘quv qurollari va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlangan. O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun kasb-hunar, ijod, fan va sport to‘garaklari ishlab turibdi.

“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida maktabda zamonaviy futbol maydonchasi, “Kiber sport” markazi va radiouzel faoliyati tashkil etilgan.

Maktab jamoasi Germaniyadagi oliy ta’lim dargohlari bilan nemis tilini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha yaqin aloqalar o‘rnatgan. Shu bilan birga, mahoratli o‘qituvchilar Yevropa davlatlarida bilim va malaka oshirib kelmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA