“RIA Novosti” yozishicha, Prezident Emmanuel Makron “France-2” telekanaliga intervyu berib, Fransiya Rossiya tomonidan ehtimoliy urush tahdidiga javob berishga tayyorligi, “Rossiya g‘alaba qilmasligiga kafolat beradigan qaror qabul qilinishi”ni ta’kidladi.

– Biz qarshilik ko‘rsatadigan vaqt keldi, – dedi u. – RF urush tahdidini davom ettirsa, agar vaziyat yomonlashsa, biz tayyor turishimiz kerak. Rossiya hech qachon g‘alabaga erisha olmasligini kafolatlaydigan qaror qabul qilishga tayyor turamiz… Maqsadimizga erishish uchun hamma ishni qilamiz. Fransiya Rossiya va rus xalqi bilan urush olib borayotgani yo‘q, lekin Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi. Ukraina suverenitetini tiklab, xalqaro tan olingan chegaralariga qayta olmasa, uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilmaydi. Ukrainaliklar sulh shartini aniqlab olishi kerak, tinchlikka Ukraina taslim bo‘lishi orqali erishilmaydi.

Fransiya yadroviy qudratga ega mamlakat sifatida urush va beqarorlikda ishtirok etmaslik kerakligini aytgan.

– Bizning yadro qurolimiz birinchi navbatda fransuzlar xavfsizligini ta’minlaydi, – degan Makron.