Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ta’kidlashicha, kelgusi bir necha oy Ukraina masalasida hal qiluvchi palla bo‘ladi.
– Aynan shu bahor, shu yoz, kuz arafasi… kelgusi oylar Ukraina uchun hal qiluvchi davr, – dedi Borrel jurnalistlarga.
“Frans Press” yozishicha, Yevropa diplomatiyasi rahbari tahlilchilarga tayanib, yozda Rossiyaning jiddiy hujumi kutilayotganini aytgan.
– Ukraina AQSH prezidenti saylovi natijasini kutib tura olmaydi, –ta’kidlagan u Vashingtonga safari chog‘ida. – Rossiyaning muvaffaqiyati AQSH va Vashington hamda Yevropa atrofidagi ittifoq tizimi uchun jiddiy salbiy oqibatni keltirib chiqaradi. Hech bir mamlakat, nizo chiqsa, AQSHning ittifoqchilik yordamiga suyana olmaydi.
Kongress Vakillar palatasida ko‘pchilikni tashkil etgan respublikachilar qarshiligi tufayli Prezident Jo Baydenning Kiyev uchun so‘ragan 60 milliard dollar hamon tasdiqlangani yo‘q. Avval ajratilgan mablag‘ o‘tgan yil dekabrda tugagan.