Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha U20 yosh toifasidagi mamlakat chempionatining navbatdagi kunida sportchilar rapira yo‘nalishida yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etdi.
Yuzga yaqin qilichbozlar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarda Ulug‘bek Usmanov, Eldor Akbarxo‘jayev, Azamat Muhammedov Xushnudbek Mo‘minov o‘g‘il bolalar toifasida shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Rada Kasimova, Marjona Usmonova, Maftuna Davronova hamda Ziyoda Murodova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Shuningdek, jamoaviy bahslarning o‘g‘il bolalar o‘rtasida Toshkent 1 jamoasiga teng keladigani topilmadi. Qizlar orasida Farg‘ona 2 jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Endi, O‘zbekiston chempionatining shpaga yo‘nalishida bellashuvlari o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA