Prezident yig‘ilganlar e’tiborini Sayxunobodda o‘tgan yili birorta ko‘p qavatli uy qurilmagani, vaholanki hozirni o‘zida 1 mingga yaqin aholi uy-joy olish istagida yurganiga qaratdi.
Turon mahallasidagi sobiq mashina-traktor parkiga tegishli bo‘sh yerda 10 ta ko‘p qavatli uy qurilishini boshlashga ko‘rsatma berildi.
Bu uylarda yashaydigan aholi uchun 180 o‘rinli yangi bog‘cha va 35-maktabda 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv bloki barpo etiladi. Shu yerni o‘zida ish o‘rni yaratish uchun tikuvchilik korxonalari tashkil qilinadi.
O‘zA