Sayxunobodda kuniga o‘rtacha 300 tonna sut olinib, aholi tomonidan boshqa tumanlarga borib sotilayapti.

Shu munosabat bilan Xorazm tajribasi asosida Sintob, Paxtaobod, Olg‘a bos, Do‘stlik mahallalarida sutni yig‘ish shoxobchalarini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, Olg‘a bos mahallasida kuniga 3-4 tonna sutni qayta ishlash sexi foydalanishga topshiriladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

O‘zA