O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, ba’zi tumanlarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5,  kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, ba’zi tumanlarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin.  G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va  Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo  o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, ba’zi tumanlarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin.  G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ba’zi tumanlarda soniyasiga  20-23 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Diqqat!

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi,   ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin.   G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  2-7,  kunduzi 1-6 daraja sovuq bo‘ladi. Tog‘li tumanlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

O‘zA