Litva bilan antidoping sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
241
Butunjahon antidoping agentligining Shveysariyaning Lozanna shahrida “Bir missiya – bir jamoa” tamoyili ostida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bir qator davlatlarning vakillari bilan kelishuvlarga erishdi.
Jumladan, hozirgi kunda dunyodagi rivojlangan antidoping tashkiloti hisoblangan Litva antidoping agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Imzolangan memorandumga asosan O‘zbekiston – Litva milliy antidoping agentliklari o‘rtasida tajriba almashish, malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, axborot va boshqa yo‘nalishlarda ishlar olib borish nazarda tutilgan.

WADAga a’zo mamlakatlarning 650 nafardan ortiq mutaxassislari ishtirok etayotgan konferensiya davomida yana bir qator hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA