“AgroWorld Uzbekistan” ko‘rgazmasi — agrar soha uchun ilg‘or yechimlarni taklif etadi (+video)

304

Bugun 12-mart kuni “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Agro sanoati — AgroWorld Uzbekistan 2024” 19­xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Joriy yilning 14-mart kuniga qadar davom etadigan mazkur ko‘rgazmada Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Avstriya, Belarus Respublikasi, Belgiya, Germaniya, Eron, Hindiston va shu kabi 21 ta mamlakatdan kelgan 135 ta kompaniyalar vakillari ishtirok etishmoqda.

Ko‘rgazmaning aynan qishloq xo‘jaligi ishlari mavsumi boshida tashkil etilgani fermerlarga o‘z bizneslarida eng yangi texnologiyalarni qo‘llash, kelishuvlar bilan muhim qarorlar qabul qilish, shu bilan birgalikda, rivojlanish strategiyasining asoslarini ishlab chiqishlariga turtki bo‘lishi mumkin.

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA