Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakatning kecha Moskva bilan aloqa bo‘yicha yangi maxsus vakili etib tayinlangan Georgiy Kadjay Rossiyaga nisbatan pragmatik siyosatni davom ettirishini ma’lum qildi.

– Vazifa o‘zgarishsiz qoladi, – dedi hukumat rahbari jurnalistlarga bergan intervyusida. – Rossiya bilan munosabat tartibi ma’lum. Bu jarayonda, albatta, mamlakatimizda tinchlikni saqlashga qaratilgan pragmatik siyosatni davom ettirmoqchimiz.

Mahalliy OAV xabar berishicha, Gruziya o‘z oldiga iqtisodiy soha bilan bog‘liq aniq vazifalar qo‘ygan.

Kadjay hozirgacha Shveysariyaning Rossiyadagi elchixonasida Gruziya manfaati bo‘limiga rahbarlik qilgan.