Toshkent metropoliteni yer usti halqa yo‘lining ikkinchi bosqichi doirasidagi Turon va Qipchoq bekatlari yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshladi.

«O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» deb nomlangan yer usti metro halqa yo‘li Sergeli liniyasi bilan bog‘landi. Natijada Toshkent metropoliteni yo‘nalishlar tarmog‘ining umumiy uzunligi 71 kilometrga yetdi. Metropoliten bekatlari soni esa 50 tani  tashkil etmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bekatlar ishga tushishi bilan poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Sergeli va Yangi hayot tumanlaridagi 62 ta mahallada yashovchi 251 ming aholi metropoliten xizmati bilan qamrab olindi.

M.MADAMINOVA, O‘zA