Angliyaning Kembrij universitetida namoyish etilgan tarixiy rasmga hujum uyushtirildi. Tarixga “Balfur deklaratsiyasi” nomi bilan kirgan matnga imzo chekkan lord Artur Jeyms Balfur portreti yo‘q qilindi. “Falastin harakati” guruhiga aloqador faol avval rasmni qizil rangga bo‘yagan, keyin pichoq bilan kesib tashlagan.

Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri lord Balfur 1917-yil yahudiylar Falastinda davlat qurishiga olib kelgan deklaratsiyani imzolagan shaxs hisoblanadi. Bu haqda Turkiyaning “Aksam gazetesi” xabar berdi.

“Falastin harakati” guruhi Britaniya 1917-yildan beri falastinliklarni etnik tozalash siyosatini qo‘llab-quvvatlab kelayotganini da’vo qilib, shu sababdan chora ko‘rilganini ma’lum qilgan.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari Oliver Douden jurnalistlarga bergan intervyusida “Men nohaq vandalizmning bema’ni harakatidan dahshatga tushdim” dedi va bu ish shunday qoldirilmasligi, aybdorlar qonun oldida javob berishini ta’kidladi.