Xitoy hukumati Yevropaning olti davlati fuqarolari uchun bir tomonlama vizasiz tartib joriy etadi. Bu haqda XXR tashqi ishlar vaziri Van I Butunxitoy xalq vakillari kengashi 14-sessiyasi ikkinchi yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
– Xitoy 14-martdan boshlab Shveysariya, Irlandiya, Vengriya, Avstriya, Belgiya va Lyuksemburg uchun vizasiz sinov rejimini amalga kiritadi, – dedi Van I. – Mamlakatimiz xitoylik va chet ellik kadrlar almashinuvini osonlashtirish, jumladan to‘lov xizmati turini ko‘paytirish bilan bog‘liq tashabbuslarni ilgari surishda davom etadi.
Xitoy hukumati 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Yevropa Ittifoqiga a’zo besh davlat – Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Fransiya va Germaniya fuqarolari uchun bir tomonlama vizasiz rejim joriy qilgan edi.