Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev shahar va tumanlardagi hokim yordamchilari bilan uchrashdi. Tadbirda hokim yordamchilari tomonidan o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va galdagi vazifalar bo‘yicha muloqot qilindi.

Ta’kidlanganidek, 2023-yil davomida hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Lekin ayrim joylardagi hokim yordamchilari tomonidan o‘z ishiga loqaydlik bilan qarash holatlari ham uchramoqda. Uchrashuvda o‘z vazifasini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan qator hokim yordamchilarining faoliyati tanqid qilindi. Shuning bilan birga, xalqimizning bugungi turmushidan roziligini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini ishga tushirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan, ish o‘rinlari yaratilishida ko‘makdosh bo‘lgan hokim yordamchilariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ko‘krak nishoni va faxriy yorliqlari topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri