Xitoy arxeologlari Sharqiy Szyansu muzofotidagi Nankin shahrida 420-589-yillari janubda hukmronlik qilgan Lyan sulolasi davrida qurilgan qadimiy poytaxt darvozasiga olib boruvchi yo‘lni topdi.

“Sinxua” agentligi xabar berishicha, qazilgan yo‘lning uzunligi 210 metr, kengligi 26 metr. Har ikki tomondan xandak qazilgan. Mutaxassislar fikricha, mazkur inshoot faqat hukmdorlar uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, kengligi taxminan 33 metrli qadimiy g‘ishtin darvoza xarobasi bir vaqtlar qirollik poytaxtiga janubdan kirish joyi shu yer ekanini anglatadi.

2017-yildan beri arxeologlar Nankin shahrida 12 ming kvadrat metr maydonda qazish ishlarini olib borgan. Tadqiqot davomida hudud tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ko‘plab obyektlar aniqlandi.