O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashkiliy tuzilmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi to‘g‘risidagi nizom;

Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-2025-yillarda erishishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statistika kengashi tarkibi va uning nizomi  tasdiqlandi.

2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish maqsadida, tegishli birlamchi ma’lumotlar Statistika agentligi tomonidan “Elektron hukumat” tizimidan mustaqil ravishda olinadi.

Qarorda:

  1. yil yakuniga qadar “Rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ishonch indeksi” uslubiyotini ishlab chiqish;
  2. yil 1-martga qadar foydalanuvchilar o‘rtasida tegishli so‘rovlar o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish;
  3. yil 1-aprelga qadar rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ishonch indeksini yaxshilash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish hamda keyingi yildan boshlab har yili 1-martda tegishli so‘rov natijalarini e’lon qilib borish belgilab berilgan.

Qaroga muvofiq, Statistika agentligi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, statistika ma’lumotlarini tayyorlash va ularni e’lon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Statistika agentligi tomonidan shakllantiriladigan statistika ma’lumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida e’lon qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita Statistika agentligiga bo‘ysunadi.

                                                                                                                  O‘zA