O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda zargarlik sohasida ish o‘rinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga chegirmalar berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini har oyning 5-sanasiga qadar Iktisodiyot va moliya vazirligi (Vakolatli organ) tomonidan qabul qilish;

manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini har oyning 20-sanasiga qadar belgilangan mezonlarga muvofiqligini o‘rganib chiqish, shu jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hamda zamonaviy texnologiyalar joriy etilganligini baholash;

zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini shakllantirish tartibi;

zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati Komissiya tomonidan har oyning 25-sanasiga qadar ko‘rib chiqilishi va ma’qullanishi, shuningdek, chegirmalarning to‘g‘ri qo‘llanilishi muvofiqlashtirilishi;

Iqdisodiyot va moliya vazirligi tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati har oyning 25-sanasiga qadar chegirmalar qo‘llash uchun “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga kiritib borilishi belgilab berilgan.

Qaror bilan zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etiladi. Mazkur komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini tahlil qilish;

imtiyozlardan foydalanish natijasida zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat miqdorini o‘rganish, shu jumladan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

imtiyozlardan foydalanishda zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha mavjud talablarga rioya etilishini o‘rganish.

                                                                                           O‘zA