Italiyada “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining boks bellashuvlari uchun yo‘llanma beruvchi I Jahon kvalifikatsion turniri davom etmoqda.
Musobaqaning vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida To‘rabek Habibullayev Olimpiada litsenziyasi uchun o‘tadigan ilk bahsda Husseyn Iashishga (Iordaniya) qarshi ringga ko‘tarilib, yakunda 5:0 hisobida zafar quchdi.
Bugun, 5-mart kuni mazkur musobaqada 3 nafar bokschimiz ishtirokini boshlaydi. Jumladan, vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Rayhona Qodirova Sheila Martines Perez (Ispaniya), 63,5 kilogrammgacha vazndagi janglarda Ruslan Abdullayev Shiva Tapa (Hindiston), 71 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Islam Yachi Yusuf (Jazoyir) bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA