Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan “Yoshlik” sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” jamoaviy musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlar jamoalari ishtirok etdi. Unda Toshkent viloyati taekvondochilariga teng keladigani topilmadi.
Buxorodan tashrif buyurgan sportchilar kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, namanganlik taekvondochilar “Prezident kubogi”ni uchinchi o‘rinda yakunladi.
Qayd etish joiz, mazkur bellashuv O‘zbekistonda taekvondo WT bo‘yicha 2024-yil hisobidan o‘tkazilgan ilk mahalliy musobaqa bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA