Joriy yilning 3-11-mart kunlari Italiyaning Busto-Arsitsio shahrida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi birinchi jahon kvalifikatsion turniri bo‘lib o‘tadi.

Unda dunyoning 112 ta davlatidan 632 nafar bokschi 49 ta yo‘llanma uchun ringga ko‘tariladi. Musobaqada erkaklar 7 ta vaznda 28 ta yo‘llanma uchun, ayollar esa 6 ta vaznda 21 ta litsenziya uchun bahs olib boradi.

Turnirda To‘lqin Qilichev va Elshod Rasulov boshchiligidagi erkaklar hamda ayollar milliy terma jamoamiz ishtirok etadi.

Quyida Italiyaga yo‘l olgan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishasiz:

Erkaklar:

– 63,5 kg: Ruslan Abdullayev;

– 71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;

– 80 kg: To‘rabek Habibullayev;

– 92 kg: Lazizbek Mullojonov;

Ayollar:

-50 kg: Sabina Boboqulova;

-57 kg: Sitora Turdibekova;

-60 kg: Rayhona Qodirova;

-66 kg: Navbahor Hamidova;

-75 kg: Aziza Zokirova.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA