To‘rtko‘l tumanida joriy yilning 22-fevral sanasidan 2-mart kunlari oralig‘ida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi kengashi tоmonidan “Ayollari qadr topgan yurt!” shiori ostida sportning voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha ayol o‘qituvchi hamda ishchi xodimlar o‘rtasida musobaqalarga start berilgandi.

Musobaqaning hududiy bosqichida jami 1100 nafardan ortiq ayollar ishtirok etishib, final bosqichida 15 ta jamoada 160 nafardan ortiq ayol qizlar qatnashdilar.

2-mart kuni sportning stol tennisi hamda voleybol turlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sport maktabida, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman Barkamol avlod bolalar maktabida musobaqalarning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning voleybol turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni 30-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2-o‘rinni 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 3-o‘rinni 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoalari egalladilar.

Stol tennisi musobaqasidan faxrli 1-o‘rinni 30-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Fazilat Avezimbetova, 2-o‘rinni 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Xolisxon Radjapova, 3-o‘rinni 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Shohista Sadullayevalar egalladilar.

Shaxmat musobaqasidan faxrli 1-o‘rinni 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Sadoqat Doschanova, 2-o‘rinni 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulnora Artikova, 3-o‘rinni 10-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Aziza Sobirovalar egalladilar.

Musobaqaning shashka turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni 65-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Allaberganova Manzura, 2-o‘rinni 2-sonli kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi Allaberganova Sayyora, 3-o‘rinni 45-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Allaberganova Maxsudalar egalladilar.

Musobaqalar yakunida sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoa va ishtirokchilar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi kengashi tamonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



Maftuna Yusupboyeva,

QDU. Telejurnalistika yo’nalishi 2-bosqish talabasi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi