Davlatimiz rahbari bu muborak oyda ehtiyojmand insonlar, ayniqsa, farzandlarimiz holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

Shu bois, eshitishda nuqsoni bor 500 nafar bolaga bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qo‘yish uchun 62 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Yana 2 ming nafar bola eshitish moslamasi bilan ta’minlanadi.

Paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan xorazmlik 10 nafar yoshlarga 7 turdagi zamonaviy sport protez va reabilitatsiya vositalari olib beriladi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

O‘zA