Rossiya tez orada “Sarmat” raketasini tezkor joylashtirish manzilida namoyish etadi. Bu haqda Prezident Vladimir Putin Federal majlisga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, mudofaa sektorini rivojlantirish bo‘yicha barcha rejalar bajarilgan. Maxsus amaliyot hududida “Kinjal” majmuasidan samarali foydalanilmoqda, “Burevestnik” qanotli raketasi va “Poseydon” tizimi sinovi yakuniga yetyapti.
RF yetakchisi ta’kidlashicha, “Sarmat” raketalari qo‘shinlarga yetkazilgan.