O‘zbekistonlik yosh ctol tennischilar Jazoyirda o‘tkazilayotgan “WTT Youth Contender” musobaqasini muvaffaqiyatli boshladi.

Adelina Hasanova “U13” yo‘nalishida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Eleonora Shiriyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Mazkur yosh toifasining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Alixan Kamalov bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “U15” toifasidagi aralash juftlik bahslarida Adelina Hasanova hamda Shahbozbek G‘ulomiddinov tandemi bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, ilk kunda terma jamoamiz 1 ta oltin va 3 ta bronza medalini o‘z hisobida qo‘shib qo‘ydi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA