Avstraliya hukumati Viktoriya shtati g‘arbiy qismidagi 30 mingga yaqin aholini keng ko‘lamli o‘rmon yong‘ini tufayli evakuatsiya qilishga chaqirdi.
22-fevral kuni shu hududni olov qamrab olgan. Rasmiylar bildirishicha, kuchli shamol natijasida alanga shimoli-sharqqa yoyilgan va mintaqadagi aholi manzillari xavf ostida qolgan.
Yong‘in boshlangandan beri 19,5 ming gektar yer kulga aylangan.
Yashil qit’a meteorologiya byurosi 28-fevral kuni issiq va shamolli ob-havo sabab yong‘in “halokatli” darajaga yetganini ta’kidlagan.