O‘zbekiston-Gvatemala 36:19. Gandbolchi qizlarimizning yorqin g‘alabasidan fotoreportaj

365

Poytaxtimizdagi “Alpomish” muz saroyida “IHF Trophy” turniri bo‘lib o‘tmoqda.

18 yoshlilar guruhida O‘zbekiston va Gvatemala jamoalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinni katta ustunlik bilan o‘tkazgan gandbolchi qizlarimiz 36:19 hisobida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Bugun sportchi qizlarimiz Kosovo jamoasi bilan maydonga tushadi. Uchrashuv “Alpomish” muz saroyida soat 12:00 da start oladi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA