Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda elektr iste’moli yuqori bo‘lgan qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti korxonalarida “yashil energiya” quvvatlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Masalan, qishloq xo‘jaligi yerlarida quyosh panellarini o‘rnatish, ya’ni “agrovoltaika” bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda 10 gigavattli agrovoltaika salohiyati mavjud.
Mutasaddilarga joriy yilda 6 ta tumanda “agrovoltaika” usulida pilot loyihalarni boshlash topshirildi.
Umuman, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda energiya sarfi yuqori bo‘lgan sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
O‘zA