Prezident Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha 2024-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida qo‘shimcha 5 milliard kilovatt-soat ekologik toza elektr ishlab chiqarish va 1,5 milliard kub metr gazni tejash imkoniyati yaratildi.
Bu sohada boshlangan keng qamrovli ishlar mahalliy korxonalarda transformator, har xil turdagi kabellar, isitish kollektorlari, quyosh paneli, izolyator, metall ustunlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham katta turtki berdi.
–Bir so‘z bilan aytganda, “yashil” energetika ham iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga, ham chinakam “umummilliy harakat”ga aylandi, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘zA