Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha 2024-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Lekin, erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud imkoniyatlar barcha hududlarda ham to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Bu borada 2024-yil uchun dastlabki rejalar yetarli emasligi qayd etildi. Mutasaddilar o‘tgan yildan saboq chiqarib, bu yo‘nalishda ikki karra ko‘p ishlashi va aniq natija ko‘rsatishi kerakligi ta’kidlandi.
O‘zA