Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
251
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
jamoatchilik ekologiya nazoratchilarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
jamoatchilik ekologiya nazoratchilari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari;
jamoatchilik ekologiya nazoratchiligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi;
jamoatchilik ekologiya nazoratchilari maqomini tugatish tartibi belgilab berilgan.
2024-yil 1-iyunga qadar Respublikada jamoatchilik ekologiya nazoratchiligiga nomzodlarni muxsus tayyorgarlikdan o‘tkazishni mustaqil ta’lim shaklida amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
O‘zA