Bugun Janubiy Afrika Respublikasi qo‘zg‘atgan ish doirasida G‘azoda falastinliklar genotsid qilinishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rishi uchun Xalqaro sud tomonidan Isroilga berilgan muddat tugaydi, deb xabar bergan “Anadolu” agentligi.

Dushanba kuni Isroil Genotsid konvensiyasini buzganlikda ayblanib, ko‘rib chiqilayotgan ish yuzasidan falastinliklarni genotsiddan himoya qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida hisobot taqdim etishi mumkin. Ayni payt G‘azoda hujum, qonun buzilishi davom etyapti.

Isroil 26 yanvar kuni sud tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilayotianini namoyish qilishi, qabul qilgan chora-tadbirlarini tavsiflashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi oxirida JAR G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli Gaagadagi Xalqaro sudga Genotsid konvensiyasi bo‘yicha Isroilga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilib, sudni Isroilga qarshi vaqtincha choralar ko‘rishga chaqirgan edi.

11 yanvar kuni Xalqaro jinoiy sudda JARning Isroil harakatini Falastin xalqiga qarshi genotsid, deya tan olish to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqa boshlagan.