Shveysariyaning Non shahrida Yevropa konferensiyalar ligasining nimchorak final bosqichiga qur’a tashlandi.
Marosimda musobaqaning 1/8 final bosqich uchrashuvlari 7 mart kuni, javob bahslari esa 14 mart kuni bo‘lib o‘tishi haqida yana bir bor xabar berildi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, quyidagi juftliklar chorak final yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi:
“Servett” (Shveysariya) – “Viktoriya” (Chexiya);
“Ayaks” (Niderlandiya) – “Aston Villa” (Angliya);
“Molde” (Norvegiya) – “Bryugge” (Belgiya);
“Yunion” (Belgiya) – “Fenerbaxche” (Turkiya);
“Dinamo” Zagreb (Xorvatiya) – “PAOK” (Gretsiya)”
“Shturm” (Avstriya) – “Lill” (Fransiya);
“Makkabi” Xayfa (Isroil) – “Fiorentina” (Italiya);
“Olimpiakos” (Gretsiya) – “Makkabi” Tel-Aviv (Isroil).
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yevropa ligasining 1/8 finaliga ham qur’a tashlash marosimi o‘tkazilgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA