Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qоrg‘i Kengesining 2024-yil 3-fevraldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish” bo‘yicha 9-sonli yig‘ilish bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Toʻrtkoʻl tumanidagi “Ko‘na To‘rtko‘l” OFY, “Anhorli” hamda “Yangihayot” MFY aholisi ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi deputatlari, N.Matyakubova, O‘. Allabergenova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev va boshqa qator tashkilotlar ma’sul xodimlari ishtirok etdilar.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bajarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha sharhli tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlar o’rtasida “jadid” namoyondalarining hayoti va ijodini keng targ’ib qilish, ular qoldirgan boy ma’naviy meroslarni yoshlar tarbiyasida muhim o’rin tutganligi to’g’risida so’z yuritildi. Zero, eng katta boylik bu – yaxshi tarbiya demakdir.
Maftuna Yusupboyeva,
QDU. Jurnalistika mutaxassisligi 2-bosqich talabasi.
Qoraqalpog’iston axborot agentligi