Toʻrtkoʻl tumani hokimligida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan 2024 yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash mavzusiga bag‘ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda tuman hokimi R.Shamuratov, davlat xavfsizligi xizmati tuman bo‘limi boshlig‘i, hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, yoshlar agentligi hamda biriktirilgan tashkilot rahbarlari ishtirok qildilar.

Yig‘ilish davomida Yoshlar ishlari agentligi To‘rtko‘l tumani bo‘limi rahbari B.Yangibaev tumanda mas’ullarga biriktirilgan 22375 nafar yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shuningdek, ishtirokchilar taklif va fikrlari tinglanib, kelajakdagi vazifalar belgilanib olindi.

Maftuna Yusupboyeva,

QDU. Jurnalistika mutaxassisligi 2-bosqich talabasi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi