O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevralda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2024 yil 1 martdan boshlab “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” dasturi joriy etiladi.

Ushbu dastur doirasida mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan mahalla faollari ishtirokida axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar aniqlanib, ularni ingliz va boshqa xorijiy tillarga o‘qitish hamda sertifikatlar olishini tashkil etish, sertifikat olgan yoshlar to‘g‘risida ma’lumotlarni Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimiga kiritib borish amaliyoti joriy qilinadi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan maxsus axborot tizimiga kiritilgan yoshlarni IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish choralari ko‘riladi.

O‘zA