Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon va qit’a chempioni Shahram G‘iyosovning professional boksdagi navbatdagi jangi joriy yilning 25 fevralida WBAning chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi.

Kuni kecha yarim o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosovning jahon chempionlik kamari uchun sobiq da’vogar Pablo Sezar Kanoga qarshi jangi oldidan rasmiy tadbirlar taqvimi e’lon qilindi.

Taqvimga ko‘ra, mazkur jang 25 fevral kuni AQSHning Orlando shahrida tashkil etilayotgan boks oqshomi doirasida tashkil etiladi.

Jang oldidan o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlar rejasiga binoan matbuot anjumani 22 fevralda, vazn uchlash va ko‘z urishtirish marosimlari 23 fevral kuni o‘tkaziladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA