Rossiyaning Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” musobaqasi davom etmoqda. “Feniks” nomi bilan ishtirok etayotgan fijital-xokkeychilarimiz ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazdi.

Rossiyaning “Kosmos X17″ jamoasiga qarshi bahs olib borgan yurtdoshlarimiz 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘z tarkibida mahoratli kibersportchi va xokkeychilarni jamlagan “Kosmos X17” jamoasi bilan kechgan virtual bahsda 4:2, haqiqiy xokkey musobaqasida esa 2:1 hisobi qayd etildi.

Bugun, 21 fevral kuni o‘yinlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA