Bahraynda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘smirlar toifasidagi bahslar yakunlandi. Unda Sanam Nazarova, Muxlisaxon Rahmonova, Madinabonu Mansurova va Alina Xalilova kabi iste’dodli qilichbozlarimiz jamoaviy dasturda ishtirok etdi.

Terma jamoamiz bellashuvlar davomida O‘mon va Singapur termalarini mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqa oltin medali Xitoy termasiga, kumush medal esa Qozog‘istonga nasib qildi.

Endi chempionat doirasida yoshlar toifasidagi bahslarga start beriladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA