Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.
Ayollar va bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha mahalla darajasida alohida tizim yaratilishi belgilandi.
Tazyiqqa uchragan ayollar reyestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat ko‘rsatish tizimi joriy qilinadi.
Har bir tuman shifoxonasida zo‘ravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish uchun tunu kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi.
Qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Yig‘ilishda soha uchun mas’ullar va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.
O‘zA