Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan buyon joylarda vasiylik, homiylik, patronatga olingan hamda oilaviy bolalar uylaridagi bolalar bilan mahalladagi ijtimoiy xodimlar shug‘ullanishi belgilandi.
Ular ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar bola oldidagi majburiyatini qay darajada bajarayotganini monitoring qilib, baholab boradi.
Buning uchun hokimliklar huzuridagi Vasiylik va homiylik komissiyalari tugatilib, ularning vakolati “Inson” markazlariga o‘tkaziladi.
O‘zA