Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Nogironligi bo‘lgan sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha “to‘siqsiz turizm” dasturi tasdiqlangan.

Mutasaddilarga madaniy meros, muzey va konsert-tomosha ob’ektida bunday odamlarga qulay sharoitlarni yaratish, mehmonxonalardagi o‘rinlarni nogironligi borlarga moslashtirish topshirildi.

Nogironligi bor sayyohlar uchun transport, mehmonxona, madaniyat ob’ektlari va ziyoratgohlarga haftalik va oylik maxsus chegirmalar berish grafigini tasdiqlanadi.

O‘zA