Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari sohadagi ba’zi kamchiliklarni sanar ekan, 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta o‘ylanmasdan, betartib belgilanganini ko‘rsatib o‘tdi.

Hudud rahbarlari ham muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib kelgani qayd etildi.

Eski ijtimoiy himoya tizimida odamlarga umid berish, hayotini yaxshilashi, band bo‘lishiga ko‘maklashish eng oxirgi o‘ringa tushib qolgan.

O‘zA