Eronda yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlarda o‘tayotgan qit’a chempionatining uchinchi kungi bahslarida terma jamoamiz a’zolari bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Qit’aning eng kuchli yengil atletikachilari ishtirok etayotgan musobaqaning estafeta dasturidagi 400 metr masofaga yugurish bahslarida Lidiya Podsepkina, Laylo Allaberganova, Nurxon Ochilova hamda O‘g‘iloy Norboyevadan iborat qizlar terma jamoamiz a’zolari 4:12.43 ko‘rsatkich bilan marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Osiyo chempionatining ushbu dasturida oltin medal Qozog‘iston vakillariga nasib etgan bo‘lsa, eronlik qizlar kumush medalni qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA