Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” musobaqasida vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Afsuski, musobaqaning so‘nggi kunida vazni 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan hamyurtimiz O‘tkirbek To‘raboyev bronza medali uchun o‘tgan bellashuvda niderlandiyalik Yur Spaykersga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur “Katta dubulg‘a” turnirida ayollar orasida -52 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Diyora Keldiyorova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, -48 kg vaznda Halima Qurbonova hamda vazni -60 kg bo‘lgan Doston Ro‘ziyev bronza medali bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA