Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
Viloyat qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish, eksportni ko‘paytirish va sanoatlashtirish asosiy vazifa ekani qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi olishga 130 million dollar imtiyozli kredit ajratilishi belgilandi.
Shu bilan birga, Andijonda o‘g‘it ombori kamligi, oqibatda fermerlar o‘g‘itni dalagacha olib kelishda yana 20 foizgacha qo‘shimcha xarajat qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga Ulug‘nor, Xonobod, Bo‘ston, Paxtaobod, Baliqchi, Asaka va Qo‘rg‘ontepada 8 ta yangi ombor ochib, yana 35 ming tonna o‘g‘itni zaxiralash topshirildi
O‘zA