Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Viloyatda avtomobilsozlik sohasida 12 ta yirik va 160 dan ortiq mahalliy korxona bor. Ularda 17 ming aholi bandligi kam ekani qayd etildi.
Masalan, Andijon “sanoat xabi”dagi o‘rindiq va filtr chiqaruvchi korxonalar quvvati Asakada chiqadigan mashinalarga nisbatan 2 karra ko‘p. Lekin, ularni Asaka zavodidan boshqa xaridori yo‘q.
Shu bois nafaqat Asakadagi, balki qolgan avtomobil zavodlari uchun ham kooperatsiya asosida ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, Shahrixonda avtomobillar uchun “eko charm”dan chexol va yumshoq mebellarga qoplama ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Shu yo‘nalishdagi kichik biznes loyihalariga 330 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
O‘zA